Maktab bitiruvchilari bilan uchrashuv
0 views

Joriy yilning 25-may kuni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori Amirov Uyg‘un Rasulovich Shahrisabz shahridagi 13-maktabda bo‘lib “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida ishtirok etdi. Uchrashuvda texnikumlardagi yangi kasb va mutaxasisliklar, stipendiya va soliq imtiyozlari, 2-kursdan ta’limni OTMda davom ettirish imkoniyatlari, nemis tili kurslari bepul o‘qitilishi, bitiruvchilar B1 sertifikatiga ega bo‘lganda Germaniyaning nufuzli klinikalarida shartnoma asosida ishga yuborilishi haqida ma’ruza qildi.
