Profilaktik tadbirlar: huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish
0 views

Joriy yilning 2-oktabr kuni Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, bugungi kunda yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylangan internet va ijtimoiy tarmoqlardan, xususan, Ijtimoiy tarmoqlarda turli xil taqiqlangan, noqonuniy yoki shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qiluvchi video, audio va boshqa materiallarni tarqatish, saqlash yoki ulardan foydalanish ayrim hollarda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.
