Asosiy mazmunga o'tish
Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Yangiliklar

9-may Xotira va qadrlash kuni

0 ko'rilgan

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan texnikumimizda ma’naviy-ma’rifiy ruhdagi badiiy kecha tashkil etildi.

Mazkur tadbir guruh rahbari Qudratova Dilfuza boshchiligida 112-guruh talaba-yoshlari tomonidan tayyorlanib, yuqori saviyada o‘tkazildi. Tadbir davomida urush va mehnat faxriylarining jasorati, Vatan tinchligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarning mardonavor hayoti haqida she’rlar, sahna ko‘rinishlari hamda kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi.

Badiiy kecha yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, ajdodlar xotirasiga hurmat va tinchlikning qadriga yetish tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Xotira — muqaddas, qadrlash esa insoniylikning oliy mezonidir. Faxriylarimizga doimo ehtirom va hurmat bajo keltiramiz.