9-may Xotira va qadrlash kuni
0 ko'rilgan

Shahrisabz shahrida 9-may - Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.
Tadbirda Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi rahbar xodimlari va o‘quvchi-yoshlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Unda Ikkinchi jahon urushida mardonavor jang qilgan ajdodlarimiz xotirasi yod etilib, ularning jasorati va fidoyiligi bugungi tinch hayotimizning mustahkam poydevori ekani ta’kidlandi.
Yaxshilar yodi hech qachon unutilmaydi.
