Asosiy mazmunga o'tish
Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Yangiliklar

Guruh rahbarlari va guruh sardorlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

0 ko'rilgan

Bugun Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi faollar zalida guruh rahbarlari hamda guruh sardorlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish tashkil etildi.

Yig‘ilishni o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M. Qobilov olib bordi. Yig‘ilish davomida ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilar davomati va darslarga o‘z vaqtida qatnashishini ta’minlash, ichki tartib-qoidalarga rioya qilish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, guruh rahbarlarining o‘z guruhlarida olib borayotgan ishlari, guruh sardorlarining mas’uliyati, talabalar bilan individual ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Biriktirilgan materiallar

Rasmlar