Asosiy mazmunga o'tish
Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Yangiliklar

Prezident Administratsiyasi rahbari Qashqadaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida

0 ko'rilgan

Tashrif davomida Qashqadaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida tahsil olayotgan yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarni egallashga bo‘lgan intilishi alohida e’tirof etildi.

“Qashqadaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida o‘qiyotgan yoshlarning ishtiyoqi, kelajakka ishonchi meni behad quvontirdi”,

  • dedi Saida Mirziyoyeva.

Shuningdek, Qarshi shahridagi 43-maktab va 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining mavjud holati o‘rganildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida avariya holatidagi bog‘cha o‘rnida 360 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish, 43-maktab binosini to‘liq ta’mirlash, zamonaviy laboratoriyalar, til va ijod to‘garaklarini tashkil etish hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv sharoitlar yaratish belgilandi.

“Farzandlarimiz bog‘chaga qo‘ygan ilk qadamidan mustaqil hayotga kirib borguniga qadar munosib muhitda ta’lim-tarbiya olishi kerak”,

  • deya ta’kidladi Administratsiyasi rahbari.

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

Biriktirilgan materiallar

Rasmlar