Asosiy mazmunga o'tish
Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Yangiliklar

Ta’lim sifati va davomatni mustahkamlash: guruhlarda o‘rganish ishlari

0 ko'rilgan

Texnikum ma’muriyati tomonidan ta’lim jarayonining sifatini oshirish, talabalar davomati va intizomini mustahkamlash maqsadida guruhlarda muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish jarayonida talabalarning davomati, darslarga o‘z vaqtida kelishi, mashg‘ulotlarga tayyorgarligi, o‘quv qurollari va darsliklar bilan ta’minlanganligi, dars jarayonidagi faolligi, ichki tartib-qoidalarga rioya qilishi hamda o‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlarini belgilangan tartibda olib borishi ga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, talabalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud muammolar va takliflari o‘rganilmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olinmoqda.

Mazkur o‘rganishlardan asosiy maqsad — ta’lim sifatini yanada yaxshilash, talabalar uchun qulay va sog‘lom ta’lim muhitini yaratish hamda ularning bilim olishga bo‘lgan mas’uliyatini oshirishdan iborat.

Biriktirilgan materiallar

Rasmlar

Ta’lim sifati va davomatni mustahkamlash: guruhlarda o‘rganish ishlari | Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi