Ustozlar kuni: o‘qituvchi Tursunova Masxuda ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
0 ko'rilgan

1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining tibbiyotda xorijiy til (rus tili) fani o‘qituvchisi Tursunova Masxuda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan “Kasb-hunar va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur e’tirof ustozning ta’lim-tarbiya sohasidagi samarali mehnati, kasbiy faoliyati va professional ta’lim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining yuksak ifodasi bo‘ldi.
