Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi miqdorini onlayn bilish mumkin!
0 просмотров

Nafaqa puli qachon tushishi yoki qancha miqdorda tayinlanganini bilish uchun idoralarga borish shart emas.
Xizmatdan foydalanish juda oddiy va bor-yo‘g‘i bir necha daqiqa vaqt oladi:
my.gov.uz portali yoki mobil ilovasini oching.
“ Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha davlat ijtimoiy sug‘urtasi nafaqasi ma’lumotlari ” xizmatini tanlang.
Barcha ma’lumotlar ekranda namoyon bo‘ladi!
Ma'lumotlar avtomatik shakllanadi, hech qanday ortiqcha hujjat talab etilmaydi.
Ma'lumki, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-dekabrdagi 796-sonli qaroriga asosan davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida homiladorlik va tugʻish nafaqalarini proaktiv shaklda to'lash yo'lga qo'yilgan.
my.gov.uz – tezkor, shaffof, eng muhimi, uydan chiqmasdan foydalanish imkoniyati!
TelegramFacebook instagramYou Tube
Linked InBot
