O‘quvchi-talabalar va pedagoglar har yili psixologik diagnostikadan o‘tkaziladi.
0 просмотров

O‘zbekistondagi barcha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilar, o‘quvchilar va talabalar hamda tarbiyachilar va pedagoglar har o‘quv yilida kamida bir marta psixologik diagnostikadan o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Prezident qaroriga ko‘ra, diagnostika natijalari sun’iy intellektda tahlil qilinib, o‘quvchi va pedagoglar uch guruhga ajratiladi. Ruhiy qo‘llovga muhtoj deb topilganlarga mentor psixolog biriktiriladi.
