Перейти к основному содержанию
Шахрисабзский техникум общественного здоровья имени Абу Али ибн Сино
Новости

O‘zbek tili bayrami munosabati bilan texnikumda ma’naviy-ma’rifiy tadbir

0 просмотров

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan bugun Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlar qalbida ona tilimizga bo‘lgan muhabbat va hurmatni yanada kuchaytirish, milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, o‘zbek tilining boy tarixi, betakror jozibasi hamda xalqimiz ma’naviy hayotidagi beqiyos o‘rnini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi, uning taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, ona tilimizni asrab-avaylash va uning sofligini saqlashning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Talaba-yoshlar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, samimiy fikrlar va badiiy chiqishlar namoyish etilib, tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishlandi. Tadbirni Ahmedova Rohila o'qituvchi rahbarligida hamshiralik ishi 2-kurs 203-guruh talabalari tayyorladi.

Прикреплённые материалы

Фотографии