Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining 2025-2026 o‘quv yili I- semestrida o‘quvchilarni o‘zlashtirishi bo‘yicha HISOBOTI
0 просмотров

2025-2026 o‘quv yilining boshida o‘quvchilar soni 1146 kishini tashkil qildi. Shundan: 1. “Hamshiralik ishi” yo‘nalishi - 716 kishi
- “Feldsherlik ishi” yo‘nalishi – 263 kishi
- “Farmatsiya” yo‘nalishi - 85 kishi
- “Funktsional diagnostika ishi” yo‘nalishi – 82 kishi Semestr oxirida o‘quvchilar soni -1136 nafarni tashkil qiladi. Shundan: 1. “Hamshiralik ishi” yo‘nalishi - 710 kishi
- “Feldsherlik ishi” yo‘nalishi – 261 kishi
- “Farmatsiya” yo‘nalishi - 83 kishi
- “Funktsional diagnostika ishi” yo‘nalishi – 82 kishi
2025-2026 o‘quv yilining boshida jami 1146 nafar o‘quvchi tahsil olgan. Shundan 5 nafar o‘quvchining akademik ta’til olganligi, 2 nafar o‘quvchining darsga qatnashmaganligi va 3 nafar o‘quvchining oilaviy sharoiti yetarli bo‘lmaganligi sababli, 10 nafar o‘quvchi talabalar safidan chetlatildi. Shuning uchun semestr oxirida o‘quvchi soni 1136 nafarni tashkil etdi.
