Ta’lim sifatini ichki ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar
0 просмотров

Hamshiralik ishi yo‘nalishida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar
Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Hamshiralik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim sifatini ichki ta’minlash va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
Mazkur reja ta’lim jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quv jarayonini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish hamda talabalarning kasbiy tayyorgarligini yanada oshirishga qaratilgan.
Rejaga muvofiq, avvalo, amaliy mashg‘ulotlar sonini ko‘paytirish va klinik bazalar bilan hamkorlikni kengaytirish belgilangan. Bu orqali talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlashi va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, o‘quv jarayonining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida yangi tibbiy trenajyorlar va laboratoriya jihozlarini xarid qilish, zamonaviy tibbiy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ishlar rejalashtirilgan.
Pedagoglarning kasbiy va metodik salohiyatini oshirish maqsadida innovatsion pedagogik texnologiyalar bo‘yicha seminar va treninglar muntazam tashkil etilishi belgilangan. Bu esa zamonaviy va interaktiv o‘qitish usullarini ta’lim jarayoniga keng joriy etishga xizmat qiladi.
Talabalar bilimini baholashda yagona yondashuvni shakllantirish maqsadida yagona baholash mezonlari va elektron test tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan. Mazkur tizim baholash jarayonining shaffofligi, xolisligi va adolatliligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Kutilayotgan natija sifatida talabalarning amaliy va kasbiy ko‘nikmalari oshishi, o‘quv sifati yaxshilanishi, zamonaviy dars berish tizimi shakllanishi hamda talabalar bilimini baholashning shaffof va adolatli mexanizmi yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur chora-tadbirlar ta’lim sifatini ichki ta’minlash tizimini uzluksiz takomillashtirish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va mehnat bozori talablariga javob beradigan malakali hamshiralarni tayyorlashga xizmat qiladi.
