12-may Xalqaro hamshiralar kuni
0 views

Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 12-may — Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida hamshiralik kasbining jamiyatdagi o‘rni, inson salomatligini saqlashdagi fidokorona mehnati va sharafli faoliyati haqida so‘z yuritildi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Mazkur tadbir texnikumning 104-guruh talaba qizlari tomonidan tashkillashtirilib, yuqori saviyada o‘tkazildi. Tadbir rahbari — guruh rahbari D. Gupronova.
Barcha hamshiralarni kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etamiz!
