Skip to main content
Shahrisabz Abu Ali ibn Sino Public Health Technical School
News

Besh ming qadam — sog‘lom hayot sari

0 views

Shahrisabz shahridagi Amir Temur maydonida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va yoshlarni zararli illatlardan asrashga qaratilgan “5 ming qadam” piyoda yurish tadbiri o‘tkazildi.

Yurishda Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumidan ham 200dan ziyod talaba-qizlar qatnashdi.

Ishtirokchilar “Biz giyohvandlikka qarshimiz!”, “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat!”, “Men kuchli ayolman!” shiorlari aks etgan bannerlar bilan yurib, aholini sog‘lom va faol hayotga chorladi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar, jumladan, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish, zararli illatlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish hamda jismoniy faollikni kundalik odatga aylantirishdan iborat.

Shahrisabz shahrida giyohvandlikning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

Attached materials

Photos