Giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha profilaktik tadbir
0 views

Bu borada koʻplab meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Ularning ijrosini taʼminlash narkotiklar bilan bogʻliq jinoyatlarga barham berishda muhim omil boʻlmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–207-son farmoni ham muhim hujjat hisoblanadi. Xoʻsh, uning ijrosi ta'lim muassasalarida qanday kechmoqda?
Joriy yilning 7-oktabr kuni maxsus ishchi guruh tomonidan Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida farmon ijrosi yuzasidan monitoring olib borildi. Guruh yetakchi mutaxassisi Ahmadxon Mahmudov boshchiligida nazorat ishlari oʻtkazildi, amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi, tegishli tavsiyalar berildi.
