Kelajak kasbini tanlash vaqti!
0 views

Qarshi shahrida yuqori saviyada o‘tkazilayotgan “Karyera kuni” munosabati bilan tashkil etilgan kasblar tanlovi va ko‘rgazmali festivalda Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining faol pedagog xodimlari va iqtidorli talabalari ham munosib ishtirok etishmoqda.
Festival davomida texnikum jamoasi o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha qiziqarli ko‘rgazmalar, amaliy mahorat va taqdimotlar namoyish etib, yoshlarning tibbiyot sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish uchun o'z hissasini qo'shmoqda. Kelajak sari dadil qadam tashlayotgan yoshlarimizga ulkan zafarlar tilaymiz!
