“Mening raqamli huquqlarim” mavzusida interaktiv trening
0 views

Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘quvchi-yoshlarning raqamli huquq va majburiyatlari, internetdan xavfsiz va to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Mening raqamli huquqlarim” mavzusida interaktiv tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar ishtirokida interaktiv treninglar, viktorinalar hamda bahs-munozaralar o‘tkazildi. Jarayonlarda internetdagi shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, raqamli xavfsizlik qoidalariga rioya etish, ijtimoiy tarmoqlardan mas’uliyatli foydalanish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Ishtirokchilar o‘z bilim va fikrlarini erkin namoyon etib, turli vaziyatlar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.
#Shahrisabz #Jamoat Salomatligi Texnikumi #Mening Raqamli Huquqlarim #Raqamli Savodxonlik #Raqamli Xavfsizlik #Yoshlar #Interaktiv Trening #Viktorina #Bahs Munozara
