Asosiy mazmunga o'tish
Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Yangiliklar

Ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi

0 ko'rilgan

Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari O. Boymurodov va Ta'lim sifati nazorati bo'limi boshlig'i Z.Umirov tomonidan ijarada istiqomat qilayotgan talaba-yoshlarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida talabalarning yashash manzillari, turar joylarning sanitariya-gigiyena holati, yaratilgan maishiy sharoitlar, xavfsizlik talablari hamda dars tayyorlashlari uchun mavjud imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday o‘rganishlardan asosiy maqsad — talaba-yoshlarni doimiy qo‘llab-quvvatlash, ularning munosib yashash sharoitlarini ta’minlash hamda ta’lim olishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratishga ko‘maklashishdan iborat.

Biriktirilgan materiallar

Rasmlar

Ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi | Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi