Asosiy mazmunga o'tish
Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Yangiliklar

Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amaliy seminar

0 ko'rilgan

Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida mahalla profilaktika inspektori hamda texnikum rahbariyati hamkorligida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda xavfsizlikni ta’minlash mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida “APK Qo‘riqchisi” ilovasidan samarali foydalanish, uning imkoniyatlari va amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilarga huquqbuzarliklarning oldini olishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.

Maqsad — yoshlar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish.

#Shahrisabz #Jamoat Salomatligi Texnikumi #Profilaktika #Huquqbuzarliklarning Oldini Olish #APKQoriqchisi #Amaliy Seminar #Yoshlar Xavfsizligi

Biriktirilgan materiallar

Rasmlar

Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amaliy seminar | Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi