“Sharq ayoli ma’rifati” — oila va jamiyat ravnaqi yo‘lida
0 ko'rilgan

Shahrisabz shahrida shahar hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan “Sharq ayoli ma’rifati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etilgan tadbirda shahar faollari, nuroniy onaxonlar, mahalla xotin-qizlar faollari, turli soha vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish va farzand tarbiyasida milliy qadriyatlarning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlarni giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste’mol qilishning zararli oqibatlaridan asrash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida mutaxassislar ishtirokchilarning savollariga javob berdi hamda mavzuga oid targ‘ibot materiallari tarqatildi.
