Talaba-qizlar bilan yig‘ilish o‘tkazildi
0 ko'rilgan

Joriy yilning 22-sentabr kuni texnikum faollar zalida Talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida talaba-qizlarning odob-axloqi, ichki tartib-qoidalarga rioya etishi, ta’lim-tarbiya jarayonidagi faolligi hamda Talabalar turar joyida belgilangan tartib asosida yashashlari masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, talaba-qizlarga xonalarni ozoda va tartibli saqlash, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish, tungi osoyishtalikni ta’minlash, o‘zaro hurmat va muomala madaniyatiga rioya etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Yig‘ilishda talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish, kitobxonlik va sport mashg‘ulotlariga keng jalb etish masalalari ham muhokama qilindi.
