Asosiy mazmunga o'tish
Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Yangiliklar

Talabalar turar joyi yangi o‘quv yiliga tayyorlanmoqda.

0 ko'rilgan

Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi talabalar turar joyida qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Yangi 2026/2027-o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar uchun qulay va sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi talabalar turar joyida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Ayni kunlarda talabalar turar joyining barcha hududlarida obodonlashtirish, tozalash va tartibga keltirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Xususan, yotoqxonalardagi xonalar, umumiy foydalanish joylari, yo‘laklar hamda sanitariya-gigiyena xonalari tozalanib, zarur sanitariya talablariga muvofiq holatga keltirilmoqda. Xonalarda tozalik va ozodalikka alohida e’tibor qaratilib, talabalar uchun qulay va shinam muhit yaratishga harakat qilinmoqda.