“Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri
0 ko'rilgan

Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi!
Joriy yilning 6-noyabr kuni Shahrisabz jamoat salomatligi texnikumida inson salomatligi va hayoti yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlariga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida tibbiyot sohasi vakillarining mashaqqatli va sharafli mehnati, ularning jamiyat salomatligini mustahkamlash yo‘lidagi beqiyos xizmatlari alohida e’tirof etildi.
Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda, samimiy tabriklar, ezgu tilaklar va G.Rahimova rahbarligida hamshiralik ishi 115-guruh o'quvchilarining bayramona chiqishlari bilan davom etdi.
Fursatdan foydalanib, barcha tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Inson salomatligi yo‘lidagi sharafli mehnatingiz doimo qadrlansin!
#Tibbiyot Xodimlari Kuni #Shahrisabz #Jamoat Salomatligi Texnikumi
