Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari
0 ko'rilgan

Texnikumda “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tanlov yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z bilim va qobiliyatlarini turli yo‘nalishlarda namoyon etib, faol ishtirok etdilar. Har bir chiqish hakamlar hay’ati tomonidan xolisona baholanib, eng munosib nomzodlar keyingi bosqichga tavsiya etildi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, o‘quvchilarning yangi g‘oya va tashabbuslarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi. “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ko‘rik-tanlovi yoshlarni Vatanga sadoqat, fidoyilik va bunyodkorlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
