Перейти к основному содержанию
Шахрисабзский техникум общественного здоровья имени Абу Али ибн Сино
Новости

“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” — Vatan ramziga yuksak ehtirom

0 просмотров

18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Ushbu sana munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab milliy g‘urur, vatanparvarlik va xalqimiz birdamligini tarannum etuvchi tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday ezgu tashabbuslardan biri — “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida tashkil etilayotgan bayroq estafetasidir.

Kecha faxrli estafeta Surxondaryo viloyatidan Qashqadaryo viloyatiga tantanali ravishda topshirildi. Ushbu ramziy marosim Dehqonobod tumanida ham ko‘tarinki ruhda davom etib, unda yoshlar, nuroniylar, faxriylar va keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.

Tadbir davomida Davlatimiz bayrog‘i yuksak ehtirom bilan kutib olinib, ishtirokchilar tomonidan birdamlik va vatanparvarlik tuyg‘ulari namoyon etildi.

Gov.uz| Telegram| You Tube| FB| Instagram| X

Прикреплённые материалы

Фотографии