Ishlab chiqarish yig‘ilishi
0 просмотров

2026-yil 1-iyun kuni Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida kompleks davlat akkreditatsiyasi ekspertlarining ta’lim muassasasiga tashrifi oldidan pedagog xodimlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida akkreditatsiya jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim sifati ko‘rsatkichlarini yanada takomillashtirish hamda zarur hujjatlarni belgilangan tartibda tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mas’ul xodimlarga tegishli vazifalar va aniq topshiriqlar belgilab berildi.
