Kasbiy ta'limni rivojlantirish bo‘yicha innovatsion loyiha va g‘oyalar tanlovi e'lon qilinadi
0 просмотров

Sizda kasbiy ta'lim tizimini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan innovatsion loyiha yoki g‘oya bormi?
Kasbiy ta'limni rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi tashabbus va takliflar tanlovida ishtirok eting!
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z g‘oyalaringizni taqdim etishingiz mumkin:
yangi ta'lim loyihalari;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish tashabbuslari;
zamonaviy kasblarni rivojlantirishga qaratilgan innovatsion yechimlar;
texnikumlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar;
kasbiy ta'lim tizimini takomillashtirishga xizmat qiladigan boshqa innovatsion loyiha va g‘oyalar.
Tanlovda yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib ishtirok etish mumkin.
Ma'lumot va tanlov shartlari bilan:
Takliflaringizni 2026-yil 10-sentabrga qadar quyidagi usullardan biri orqali yuborishingiz mumkin:
Telegram bot — @kasbedu_bot
Rasmiy sayt — https://innovation.kasbedu.uz/
Elektron pochta — prkasb@kasbedu.uz
Kelib tushgan barcha takliflar Kasbiy ta'lim agentligi mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Eng yaxshi 3 ta loyiha va g‘oya saralab olinadi hamda natijalar Agentlikning rasmiy axborot resurslarida e'lon qilinadi.
G‘olib mualliflar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi hamda istiqbolli loyiha va g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyati ko‘rib chiqiladi.
