Keyingi yildan texnikumlarda o‘qib hamshira bo‘lish amaliyoti bekor bo‘ladi
0 просмотров

O‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashning ikki yillik o‘quv dasturlariga qabul bekor qilinadi.
Ya’ni hozir ikki yillik tibbiyot texnikumlari faqat mana shu yil o‘quvchi qabul qila oladi, keyingi o‘quv yilidan boshlab:
“hamshiralik ishi” negizida “tibbiy hamrohlik ishi” mutaxassisligi;
“oliy hamshiralik ishi” negizida “oliy tibbiy hamrohlik ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi joriy etiladi (bitiruvchilarga hamshira hamda erkaklarga tibbiyot og‘asi kvalifikatsiyasi beriladi);
“oliy tibbiy hamrohlik ishi” bo‘yicha davlat buyurtmasi 2030/2031 o‘quv yiliga qadar har yili kamida 20 foizga oshirib boriladi.
