Profilaktik tadbirlar: kiberxavfsizlik bo‘yicha uchrashuv
0 просмотров

Joriy yilning 3-oktabr kuni Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi kiberxavfsizlik bo'limi xodimlari ishtirokida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, kiberjinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, bugungi kunda yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylangan internet va ijtimoiy tarmoqlardan, xususan, Ijtimoiy tarmoqlarda turli xil taqiqlangan, noqonuniy yoki shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qiluvchi video, audio va boshqa materiallarni tarqatish, saqlash yoki ulardan foydalanish ayrim hollarda qonunchilikda belgilangan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi ta'kidlab o'tildi.
