Texnikumda profilaktik suhbatlar o‘tkazildi
0 просмотров

Joriy yilning 13-oktabr kuni Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida YPH xodimlari ishtirokida talaba-yoshlar bilan profilaktik suhbatlar tashkil etildi.
Suhbat davomida yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, qonun-qoidalarga rioya qilish, jamoat tartibini saqlash hamda har bir fuqaroning jamiyat oldidagi mas'uliyatini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, talabalarga odob-axloq me'yorlariga amal qilish, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog'lom turmush tarziga rioya qilish va turli salbiy holatlardan yiroq bo'lish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda qonunga hurmat va fuqarolik mas'uliyatini shakllantirish, shuningdek, tinchlik va osoyishtalikni ta'minlashda yoshlarning o'rni muhim ekanligi ta'kidlandi.
