Перейти к основному содержанию
Шахрисабзский техникум общественного здоровья имени Абу Али ибн Сино
Новости

Yoshlar uchun ish imkoniyatlari taqdim etildi

0 просмотров

Shahrisabz shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi hududida ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish maqsadida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Yarmarkada 20 dan ortiq korxona va tashkilot vakillari hamda texnikum mutaxassislari ishtirok etdi. Yoshlarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kasbiy talablar, mehnat sharoitlari va ish haqi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shahrisabz shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan shahardagi bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati taqdim etilib, ishga joylashish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi. Yoshlar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Tadbirda Shahrisabz shahar hokimi o‘rinbosari Azamat Sultonov, shahar Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i hamda tegishli tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Yarmarka davomida alohida e’tiborga muhtoj yoshlar, jumladan, giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun sudlangan yoshlarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish va ularni ish bilan ta’minlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarga mehnat bozoridagi imkoniyatlar bilan tanishish, o‘z qiziqishi va malakasiga mos ish tanlash hamda mustaqil daromad topish yo‘lida amaliy ko‘mak beradi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Gov.uz

Прикреплённые материалы

Фотографии

Yoshlar uchun ish imkoniyatlari taqdim etildi | Шахрисабзский техникум общественного здоровья имени Абу Али ибн Сино