“Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
0 просмотров

Bugun Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida talaba-yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur tadbir talabalarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, zukkolik va topqirliklarini sinovdan o‘tkazish, shuningdek, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi.
O‘yin davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishdagi qiziqarli va mantiqiy savollarga javob berib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Bellashuv ko‘tarinki ruhda, qizg‘in va do‘stona raqobat ostida o‘tdi.
Bunday intellektual tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni bilim olishga rag‘batlantirish hamda intellektual salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
