Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzodlar qabul qilinmoqda
0 просмотров

Iqtidorli, faol va salmoqli yutuqlarga erishgan xotin-qizlar diqqatiga!
14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, 2024–2026-yillar davomida ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, tibbiyot, axborot texnologiyalari hamda jamoatchilik yo‘nalishlarida faoliyat yuritib, respublika va xalqaro miqyosda munosib yutuqlarga erishgan iste’dodli xotin-qizlar Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nomzod sifatida hujjatlarini topshirishlari mumkin.
Hujjatlarni topshirish tartibi:
Nomzodlar hujjatlarini Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining Yagona axborot tizimi — ayol.gov.uz platformasidagi Zulfiya nomidagi davlat mukofoti moduli orqali topshirishlari mumkin.
Hujjatlarni topshirishning so‘nggi muddati — 2026-yil 10-oktabr.
