Asosiy mazmunga o'tish
Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Yangiliklar

Ishlab chiqarish amaliyoti

0 ko'rilgan

Texnikumning 2-bosqich o‘quvchilari hozirda tuman tibbiyot birlashmalarida amaliyot o‘tamoqdalar. Amaliyot jarayonida o‘quvchilar malakali shifokor va hamshiralar rahbarligida bemorlarni parvarishlash, tibbiy hujjatlar bilan ishlash hamda zamonaviy tibbiy uskunalardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashmoqda.

Mazkur amaliyot o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy mahoratini oshirish hamda kelgusida malakali tibbiyot xodimi bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Amaliyot davomida o‘quvchilar tibbiyot muassasalaridagi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish sir-asrorlarini o‘rganmoqdalar.

Ishlab chiqarish amaliyoti | Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi