Перейти к основному содержанию
Шахрисабзский техникум общественного здоровья имени Абу Али ибн Сино
Новости

Ishlab chiqarish amaliyoti

0 просмотров

Texnikumning 2-bosqich o‘quvchilari hozirda tuman tibbiyot birlashmalarida amaliyot o‘tamoqdalar. Amaliyot jarayonida o‘quvchilar malakali shifokor va hamshiralar rahbarligida bemorlarni parvarishlash, tibbiy hujjatlar bilan ishlash hamda zamonaviy tibbiy uskunalardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashmoqda.

Mazkur amaliyot o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy mahoratini oshirish hamda kelgusida malakali tibbiyot xodimi bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Amaliyot davomida o‘quvchilar tibbiyot muassasalaridagi ish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish sir-asrorlarini o‘rganmoqdalar.